Astronomiya
Astronomiya (yunoncha astron- yulduz, nomos — qonun) — osmon jismlari va Koinotning tuzilishi hamda taraqqiyoti haqidagi fan. Astronomiya astrofizika, radioastronomiya, yulduzlar astronomiyasi, osmon mexanikasi, kosmogoniya, kosmologiya kabi tarmoqlarga bolinadi. Astronomiya turli joylardagi aniq vaqtni, kenglik va uzunlikni belgilash, osmon sferasidagi yoritkichlar holatini, dengizdagi kema va osmondagi samolyotning o
rnini aniqlashga xizmat qiladigan maxsus asboblarni tasvirlash bilan ham shugullanadi. Astronomiyaning yangi sohasi — radioastronomiya katta ahamiyatga ega bo
lib, u osmon jismlarini, ulardan tarqaladigan radiotolqinlarni, shuningdek, Yerdan jo
natilib, ulardan aks etgan radiosignallarni kuzatish yoli bilan o
rganadi.