ATLANTIZM

ATLANTIZM — Suv, Dengiz, talassokratiya, Sea Power singari atamalarga yaqin ma‘noga ega bo’lgan murakkab geosiyosiy tushuncha. Tarixiy nuqtai-nazardan insoniyatning g’arbiy qismi; strategik nuqtai-nazardan liberal-demokratik mafkura ustuvor bo’lgan g’arbiy davlatlarning ittifoqi; harbiy-siyosiy nuqtai-nazardan NATO mamlakatlari; ijtimoiy nuqtai-nazardan «savdo tuzumi» va «bozor qadriyatlari»ga (AQSh modeli) yo’nalgan. Yevroosiyochilikka qarama-qarshi tushuncha.