ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA HAMKORLIGI

ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA HAMKORLIGI (YEVRATOM) — atom energiyasi sohasida birgalikda tadqiqot o’tkazish va undan birgalikda foydalanish, atom energiyasi va atom sanoati zaxiralarini birlashtirish maqsadida tuzilgan tashkilot. Unga dastlab G’arbiy Yevropadagi 6 mamlakat (Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg) kirgan. Yevratom 1957-yil 25 martda Rimda imzolangan shartnoma asosida vujudga kelgan. Rivojlangan Yevropa davlatlari tashkiloti bo’lgan bu mustaqil birlashmaga 28 davlat kiradi. Yevropa davlatlaridan tashqari unga Yaponiya, Meksika, Kanada va AQSH a‘zo. Yillik budjeti 80 mln. frank yoki 16 mln. AQSH dollariga teng (1997).