ATSETALLAR haqida bilasizmi?

Ma’nosi

ATSETALLAR — aldegidlarning gidratlangan oddiy efirlari. Rangsiz, xushbo’y suyukliklar. Organik erituvchilarda yaxshi, suvda juda yomon eriydi. Atsetallar temir (III)-xlorid (FeCl,) yoki mineral kislotalar ishtirokida aldegidlarni spirtlar, ortoefirlar yoki tetraalkoksisilanlar bilan qizdirib olinadi. Sanoatda atsetaldegidning atsetali — atsetilendan olinadi. Atsetallar atir-upa sanoatida, flotoreagent, plastifikator va surkov moylari sifatida keng ishlatiladi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar