AUDIT PROGRAMMASI
AUDIT PROGRAMMASI — belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan auditning usul va uslublari majmuyi. Audit programmasi mazkur auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan qaror auditorlik tadbirlar hamda ularning harakatlari muddati, hajmi va aniq bajaruvchilarini o’z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan yoki odatdagidek bo’Imagan xo’jalik faoliyati faktlarini topish maqsadida hamda xatoliklar va buzilishlarning sababini aniqlash uchun auditor tomonidan olingan axborotni baholash va tahlil qilish, tekshirilayotgan iqtisodiy subyektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini tekshirishni o’zida mujassamlashtirgan auditorlik tadbirlaming bir turidir.