AUDITDAGI AXBOROTLAR (KONFEDETSIALLIGl) MAXFIYLIGI
AUDITDAGI AXBOROTLAR (KONFEDETSIALLIGl) MAXFIYLIGI — auditorlar (auditorlik tashkiloti) tomonidan auditorlik faoliyati davomida olingan yoki ular tomonidan tuzilgan hujjatlaming nusxalarini (to’la va qisqa) boshqa bir uchinchi shaxslarga berish yoki ushbu hujjatdagi ma’lumotlarni og’zaki bayon qilish huquqiga ega emasliklarini, agar O’zbekiston qonun hujjatlarida boshqa holatlar ko’zda tutilgan bo’lsa, o’zida mujassamlashtirgan auditning bir tamoyilidir. Tergov organi, prokuror, sud va arbitraj sudi ko’rsatmasi bo’yicha o’tkaziladigan auditorlik tekshirish jarayonida olinadigan ma’lumotlar faqatgina yuqorida ko’rsatilgan organlarning ruxsati bilan hamda shu organlar ular oshkor qilish zarur deb topgan hollarida olingan ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin. Auditor (auditorlik tashkiloti) iqtisodiy subyekt bo’yicha olingan ma’lumotlarning oshkor qilinishi va tarqatilishi unga moddiy va boshqa xil zarar yetkazmaydi deb topganda ham maxfiylik prinsipiga so’zsiz amal qilishi lozim.