AUDITORLIK XIZMATI
AUDITORLIK XIZMATI — bajargan xizmati uchun haq olish sharti bilan shartnoma asosida tashkiliy tizimlarga bo’ysunmagan holda korxonaning moliyaviy-xo’jalik ishlari, buxgalteriya hisobi va hisoboti amaldagi tartib-qoidalarga qay darajada rioya qilingan holda olib borilayotganligini tekshirib berishdir. Bu tashkilot to’la mustaqillikka ega bo’lib, o’z ishini hisob-kitob va taftish qoidalariga rioya qilgan holda ohb boradi hamda korxona xo’jalik faoliyati moliyaviy jihatlarining tahlili bo’yicha ekspertiza va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi.