Yerlarni rekultivatsiyalash
Yerlarni rekultivatsiyalash – buzilgan yerlar hosildorligi va xo’jalik qiymatini tiklash bo’yicha muhandislik-texnikaviy, agrotexnik, biologik tadbirlar majmuasi.

Yerlarni rekultivatsiyalash – buzilgan yerlar hosildorligi va xo’jalik qiymatini tiklash bo’yicha muhandislik-texnikaviy, agrotexnik, biologik tadbirlar majmuasi.
Yerdan foydalanish – xo’jalikka, korxona muassasa, boshqa tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarga taqdim etilgan yer maydonlaridan foydalanish tartibi, sharti va shakli.
Yerdagi (yer ostidagi) – yerda, quruqlikda joylashgan yoki faoliyat yurituvchi.
Yerga ulash moslamasi – yer yoki uning ekvivalenti bilan aloqada bo’lgan metall o’tkazgichlar o’tkazgichi yoki to’plami. Odamlarni elektr toki urishidan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Yerga egalik – tegishli huquq va majburiyatlarni nazarda tutgan holda yerdan belgilangan shartlar bo’yicha foydalanish.
Yer yuzasining muzlashi – muz shakllanishi yoki kirib kelishi (kirib borishi).
Yer fondi – 1) mamlakat doirasidagi hamma yerlarning yig’indisi; 2) ma’muriy-hududiy birliklardagi alohida yerdan foydalanuvchilar chegaralaridagi umumiy yer maydoni.
Yer ustki qavati – xonaning pol sathi yerning (trotuar, to’shama) rejaviy sathidan past bo’lmagan qavat.
Yer sirtidagi (yer yuzidagi) – yer yuzasida joylashgan.
Yer osti yo’lagi qurish – transport, gidrotexnika, kommunal va boshqa tunnellarni, shuningdek, yer osti inshootlarini qurishni amalga oshiruvchi qurilish sohasi.