Debit
Debit – muayyan vaqt ichida manba tomonidan berilgan gaz, shuningdek, suv, neft yoki boshqa suyuqik miqdori. Masalan: burg’ulash qudug’i debiti, suv debiti, sizot suvlari debiti, quduq debiti, solishtirma debit va … Read More

Dvigatel (yuritgich) – energiyaning har qanday shaklini mexanik ishga aylantiruvchi qurilma.
Daxliz-shlyuz – bir xonadan boshqasiga yong’in, gaz, bug’, chang va boshqa zararli moddalar o’tish imkoniyatini bartaraf etuvchi hamda xonalarda berilgan havo muhitini o’lchamlari saqlash uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan dahliz.
Dahana – devor yoki peshtoq pillapoyasi yuzasidagi alohida ajratilgan to’g’ri to’rtburchak va ravoqli shakl.
Daha (chorak yil) – 1) shaharning kesishgan ko’chalar bilan chegaralangan qismi; 2) hisobot yilining to’rtinchi qismi. Masalan: ma’muriy daha, turar-joy dahasi, ko’p qavatli binolar dahasi, binolar zich joylashgan daha, obod … Read More
Daha (nohiya) – magistral avtomoil yo’llariga tutashgan turar-joy binolari va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi bo’lgan shahar turar-joy qurilishining asosiy birligi.
Daxma – 1) qabr ustiga o’rnatilgan yodgorlik, sag’ana, maqbara.
Dastur tuzish (dasturlash) – kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni.