Bir qatlamli panel
Bir qatlamli panel – bir turdagi betondan bajariladigan bitta asosiy qatlamga ega bo’lgan paneldir.

Bir qatlamli panel – bir turdagi betondan bajariladigan bitta asosiy qatlamga ega bo’lgan paneldir.
Bir qatlamli yog’och tolli (qipiqli) plita – yog’och tolali (yog’och qipiqli) plita bo’lib, bu qalinligi bo’yicha tolalar o’lchamlari yoki yog’och zarralari, ularning oriyentatsiyasi, zichligi, bog’lovchi ulushi bo’yicha bir jinsli strukturaga … Read More
Bir qatlamli blok – bir turdagi betondan bajarilgan bita asosiy qatlamga ega bo’lgan blokdir.
Bir qavatli – faqat bitta qavatga ega (bino haqida).
Bir jinslilik – material zarralarining bir tekis taqsimlanishini, xossalari yoki uning strukturasidagi bir jinslilikni tadqiq qilish uchun qabul qilingan boshqa kattaliklarni ifodalovchi material bir butunligining xarakteristikasidir. Masalan: gruntning bir jinsliligi, … Read More
Bir jinsli ko’pik jism – to’q sariq rangli, suyuq ko’pikli penoplast, qo’lga an’anaviy tarzda aralashtirib, suyuqlikni qolipga quygandan so’ng, hajmi kamida 10-12 marta kattalashadi, noyob fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo’ladi.
Bipol – tom yopish va gidtoizolyatsiya uchun mo’ljallangan. Bitum va to’ldirgichdan tashkil topgan bitum bog’lovchili, chirimaydigan asosga ikki tomonlama sepish yo’li bilan olinadi, uni olishda ba’zan sun’iy kauchuk ham qo’shiladi.
Biosuzgich – (lotincha: filtrum-“namat”) organik moddalarni bakteriyalar – aeroblar tomonidan mineralizatsiya qilish yo’li bilan sun’iy biologik oqava suvlarni tozalash inshooti.
Bioyoqilg’i – parchalanish jarayonida juda ko’p miqdorda issiqlik ajratish xususiyatiga ega organik ashyo.
Biobardoshlilik – ahyo va mahsulotlarning chirishga yoki boshqa buzuvchi biologik jarayonlarga qarshilik ko’rsatish xususiyati.