Bikrlik yadrosi
Bikrlik yadrosi – yuk ko’taruvchi tizimining diafragmadan tashkil topgan va ochiq yoki yopiq profilli fazoviy qismi.

Bikrlik yadrosi – yuk ko’taruvchi tizimining diafragmadan tashkil topgan va ochiq yoki yopiq profilli fazoviy qismi.
Bikrlik qavurg’asi – konstruksiya elementlarining shishiga (bo’rtishga) nisbatan qarshiligini oshirish yo’li bilan shu elementlar alohida uchastkalarining bikrligini oshirishga mo’ljallangan yupqa plastinkalar ko’rinishidagi konstruksiya elementlari (ustunlar, to’sinlar, plitalar va hokazolar).
Bikrlik diafragmasi – yuk ko’taruvchi tizimning vertikal elementi bo’lib, u gorizontal yuklarni qabul qilish va ularning poydevorlarga uzatilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bikrlik diafragmasi rigellar, orayopma plitalari, zinapoyalar, muhandislik uskunalaridan unga … Read More
Bikrlik belbog’i – armaturalangan quyma temir-beton to’sin, u bino yer usti qismining bikirligini oshirish va yerning notekis deformatsiyalanishini kamaytirish uchun mo’ljallangan.
Bikrlik – qurilmaning shakl o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish xususiyatini baholovchi tavsifi. Masalan: beton qorishmasining bikrligi, egilishdagi bikrlik, buralishdagi bikrlik, cho’zilishdagi bikrlik, siqilishdagi bikrlik va hokazolar.
Bikr – ushlaganda qattiq va zich narsa.
Bigiz – biror narsaga chuqur kirib boradigan, yorib o’tishi, teshishi yoki teshik ochishi mumkin bo’lgan uzun o’tkir ingichka narsa (mix, po’lat sim, armatura va boshqalar).
Beshik gumbaz – gumbazning beshik govrasi kabi uzun shakldagi turi.
Beshtaun – magmatik tog’ jinsi, aegirin-augit va arfvedsonit (mahalliy atama) bilan ishqoriy traxit.
Betonning cho’zilishga qarshi mustahkamlik sinfi – davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan va sinovdan o’tkazilgan etalonli namunalarning o’q bo’yicha cho’zilishga nisbatan vaqtinchalik qarshiligining o’rtacha statik kattaligi.