Asbest qog’oz
Asbest qog’oz – oldindan ishlov berilgan va tasodifiy o’zaro bog’lanish va yopishtiruvchi kuchlar tufayli yupqa list bilan bog’langan, kichik tolalardan tashkil topgan elastik-plastmassa, kapillyar-g’ovakli listli material.

Asbest qog’oz – oldindan ishlov berilgan va tasodifiy o’zaro bog’lanish va yopishtiruvchi kuchlar tufayli yupqa list bilan bog’langan, kichik tolalardan tashkil topgan elastik-plastmassa, kapillyar-g’ovakli listli material.
Asbest (toshpaxta) – ingichka tolalardan iborat bo’lgan agregatlar hosil qiluvchi silikatlar sinfiga kiruvchi ingichka tolali minerallar guruhining yig’ma nomi. Masalan: uzun tolali asbest, yumshoq asbest, yarim bikr asbest va boshqalar. … Read More
Asal – bo’yoq me’yorini bildiruvchi sifat belgisi. Naqqoshlikda rang va tus yaltiroq va silliq chiqishini ta’minlaydi.
Asad (arabcha-sher) – Sherdor madrasa peshtog’i hanosidagi sher tasviri tarixiy qo’lyozmalarda shu nom bilan tilga olinadi.
Archish usuli bilan olingan shpon – o’z o’qi atrofida aylanib, yog’och yuzasidan archib olinadigan, qalinligi – 0,55 mm dan 1,50 mm gacha; kengligi – 1,50 mm dan 1900 mm gacha; … Read More
Archimoq – yog’och g’o’lasi po’stini shilib, qirib tozalash.
Archa – Qarag’aylar oilasiga mansub doimiy yashil ignabargli daraxt. Shimoliy yarim sharninig mo’tadil va sovuq hududlarida 40 ga yaqin turi tarqalgan.
Arxitrav (epistelion) – 1) bezakli ustunlar ustiga qo’yiladigan to’sin; 2) antablementning konstruktiv pastki asosiy elementi bo’lib, odatda, ustun kapitellari ustiga joylashadi.
Arxitektor – arxitektura dizayni, shu jumladan, hajmli-rejalashtirish va ichki (interyer) yechimlarni ishlab chiqish bo’yicha mutaxassis.