Akt (dalolatnoma)
Akt (dalolatnoma) – o’tmishda sodir bo’lgan yoki hozirgi vaqtda sodir bo’layotgan biron-bir voqeani tasdiqlovchi hujja. Masalan: sinov dalolatnomasi, qabul qilish dalolatnomasi, joriy etish dalolatnomasi va hokazolar.

Akt (dalolatnoma) – o’tmishda sodir bo’lgan yoki hozirgi vaqtda sodir bo’layotgan biron-bir voqeani tasdiqlovchi hujja. Masalan: sinov dalolatnomasi, qabul qilish dalolatnomasi, joriy etish dalolatnomasi va hokazolar.
Akslanish (qaytish) – aks ettirilayotgan ob’yektning belgilari, xususiyati va munosabatlarini takrorlashdan iborat bo’lgan materialning umumiy xususiyati.
Akslantiruvchi (qaytaruvchi, qaytargich) – yorug’lik yoki issiqlik nurlari, elektomagnit to’lqinlarni aks ettiruvchi qurilma.
Akselerator – purkagich ishga tushirilganda sprinkler havoli signal klapani ishga tushish vaqtini kamaytirishni ta’minlovchi o’rnatma.
Aks-ettirish – bir ko’rinishdagi visual xarakterga ega bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazish.
Aks bosim – sinov paytida tuproq namunasidagi g’ovak bosimini oshiradigan tashqi bosim; 2) tortishish yo’nalishiga teskari yo’naltirilgan suv bosimining tortilishi. Masalan: sizishdagi aks bosim.
Akroteriy – 1) fronton markazi yoki burchaklarida ganj o’ymakorligi yoki dekorativ shakl ko’rinishidagi bezak; 2) tom burchaklari bezagi.
Akminit – tarkibida granulali mineral yoki shisha paxta va bog’lovchi – kraxmal, litopon va polivinilatsetat emulsiya bo’lgan material.
Akmigran va akminit plitalar – shift va devorlar ustki qismini pardozlash uchun akustik plitalar.