Mindalini, murtaklar nima degani
Mindalini, murtaklar nima degani – yuqori, nafas yo’llarining shilliq pardasida joylashgan yirik limfadenoid to’qima to’plami.

Mindalini, murtaklar nima degani – yuqori, nafas yo’llarining shilliq pardasida joylashgan yirik limfadenoid to’qima to’plami.
Mimika, taqlid nima degani – yuz mushaklarining ichki tuyg’u va kayfiyatlarini ifodalaydigan harakatlari.
Miliariya, tariqsimon toshma nima degani – to’satdan toshib, terlash vaqtida paydo bo’ladigan toshmalar guruhining umumiy nomi.
Mikstura nima degani – aralashma suyuq dori, erituvchi va unda erigan ikkita yoki bir necha dori moddalardan iborat.
Miksoma nima degani – biriktiruvchi to’qimadan kelib chiqadigan va juda ko’p shillig’i bor o’sma.
Mikroentsefaliya nima degani – bosh miyaning kichik hajmda bo’lib qolishi.
Mikroelement (lar) nima degani – o’simlik va hayvonlar organizmida juda kam miqdorda bo’ladigan kimyoviy elementlar.
Mikrotsistis nima degani – qovuq sig’imining qisqarishi.
Mikroftalm nima degani – ko’zning anomalik rivojlanishi: ko’z soqqasiing tug’ma kichikligi.
Mikroskop nima degani – ko’z bilan bevosita tekshirib bo’lmaydigan mayda narsalarni ko’rish uchun ishlatiladigan optik asbob.