Kayzalgiya, achib og’rish nima degani
Kayzalgiya, achib og’rish nima degani – “kuydiradigan og’riq”, jarohatlanganda (o’q-snaryaddan yaralanganda) ro’y beradigan nevralgiyaning o’ziga xos shakli. Periferik nerv tomirlari jarohatlanganda ro’y beradi.

Kayzalgiya, achib og’rish nima degani – “kuydiradigan og’riq”, jarohatlanganda (o’q-snaryaddan yaralanganda) ro’y beradigan nevralgiyaning o’ziga xos shakli. Periferik nerv tomirlari jarohatlanganda ro’y beradi.
Kaxeksiya, cho’p ustixon nima degani – tinkani quritadigan har xil kasalliklarda, surunkali zaharlanishlarda, oziqlanish to’la sifatli bo’lmaganda ro’y beradigan klinik-anatomik sindrom; haddan tashqari ozish, jismoniy bo’shashish va umumiy asteniya holatlari … Read More
Keratodermiya nima degani – muguzlanish sohalari, asosan, kaft va tovonda joylashgan keratoz teri kasalligi. Kaft va tovon terisining ayrim joylari qalinlashadi.
Kesarcha kesish nima degani – jarrohlik operatsiyasi; akusherlik amaliyotida qorinning akusherlik amaliyotida qorinning oldi devorini va bachadonini kesib, homila va yo’ldoshni olish.
Kifoz nima degani – umurtqa pog’onasining odatda ko’krak bo’shlig’ining orqaga chiqqan do’ng va xiyol kompensator lordoz bilan bir tekis bukilishi.
Kifolordoz nima degani – umurtqa pog’onasining S-simon egilishi – unda ko’krak va dumg’aza qismlarida kifoz, bo’yin hamda bel qismlarida lordoz bo’ladi.
Klapan nima degani – yurak va vena qopqog’i. Ichi kovak a’zoning ichki hurmalaridan hosil bo’lgan qismi. Ichidagi narsalarni teskari harakatiga to’sqinlik qiladi.
Kletka, hujayra nima degani – ikki asosiy qism – sitoplazma va yadro (mag’iz)dan tashkil topgan va barcha hayvon va o’simlik organizmining tuzilishi, taraqqiyoti va faoliyatining asosi bo’lgan eng oddiy jonli … Read More
Klimakteriy nima degani – hayzdan qolish, ayollar hayotida hayz ko’rish funksiyasining tamomila to’xtashga o’tish davri. Ko’pchilik ayollarda hayz to’xtashi 45 yoshdan boshlanadi, bu fiziologik hodisalar.
Klinika nima degani – ilmiy tekshirish muassasasi yoki oliy tibbiyot o’quv yurti tarkibiga kiruvchi davolash-profilaktika (o’qitish maqsadlariga ham xizmat qiluvchi) muassasasi.