Individullashtirilgan o’qitish texnologiyasi
Individullashtirilgan o’qitish texnologiyasi-o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor bo’lgan ta’lim jarayoni.

Individullashtirilgan o’qitish texnologiyasi-o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor bo’lgan ta’lim jarayoni.
Individuallashtirilgan o’qitish-bunday o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o’qitish yo’llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o’quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy-boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti-kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlovchi, o’qitishning so’nggi oylarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon.
Individual o’qitish-o’quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta’lim-tarbiya berish.
Individual ta’lim-o’qituvchining o’quvchiga yakka tartibga pedagogik ta’sirini amalga oshiruvchi o’quv mashg’ulotlari shakllaridan biri, o’qituvchining o’quvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida olib borilaigan alohida faoliyati.
Individual rivojlanish-individning tug’ilganidan boshlab to hayotining so’ngigacha davom etadigan o’ziga xos shakllanish jarayoni.
Individual yondashuv-pedagogik jarayonni o’quvchining individual o’ziga xos jihatlari (mijozi, xarakteri, qobiliyati, moyilligi va boshqalar)ni e’tiborga olgan holda amalga oshirish usuli.
Individ-1) alohida, mustaqil holda mavjud bo’lgan organizm; 2) alohida inson, shaxs.
Ingliz tili Davlat ta’lim standarti — ingliz tili ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma malakalarga qo’yilgan talabalarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Ingliz tili o’qitish metodikasi-1) ingliz tili ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) ingliz tili o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.