Jismoniy mashqlar
Jismoniy mashqlar — jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish vositasi.

Jismoniy mashqlar — jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish vositasi.
Jismoniy madaniyat — 1) umuminsoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijimoiy faoliyat sohasi; 2) oliy o’quv yurtlaridagi o’quv fanining nomi.
Jinsiy tarbiya-jismoniy, estetik va axloqiy nuqtai nazardan yoshlarni to’g’ri jinsiy rivojlanishga yo’llash jarayoni.
Jahon tarixi Davlat ta’lim standarti — jahon tarixi ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Jarayon-muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o’quv — harakatlar majmui.
Jamoaviylik-jamoa bilan birdamlik, o’zini jamoaning bir bo’lagi deb his qilish tuyg’usi.
Ideal (yunoncha timsol, g’oya, tushuncha) — biror narsa, voqea va hodisaning oliy namunasi, kamoloti, jamiyat a’zolari intiluvchi oliy maqsad.
Zakovat-o’tkir aql-idrok, zehn, donishmandlik.
Jamoa monografiya-yagona muammoni yoritishga bag’ishlab bir necha shaxs tomonidan yozilgan ilmiy asar.
Jamoa-1) yagona jamiyat va kishilar uchun foydali maqsad, faoliyatga ko’ra birlashgan, jamiyat va kishilar manfaatini ko’zlaydigan kishilarning tashkiliy guruhi; 2) kishilarning qadimiy uyushuv shakli.