Jazo
Jazo-o’quvchi shaxsiga ta’sir ko’rsatish usuli.

Jazo-o’quvchi shaxsiga ta’sir ko’rsatish usuli.
Jadidchilik-XIX asr oxiri — XX asr boshida Turkiston, Kavkz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat.
Jadval-ma’lum izchillikda ustunlar, kataklar, satrlar tarzida ko’rsatilgan ma’lumotlar yig’indisi.
Yosh fiziologiyasi-ontogenetik rivojlanish jarayonida inson hamda hayvon organizmi, alohida tana qismlari rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga qaratilgan fiziologiya fanining alohida tarmog’i.
Yosh sayyohlar va o’lkashunoslar markazi-O’zbekistonda xalq ta’limi tizimida o’quvchi-yoshlarga to’garak, klub, sayyohlik guruhlari orqali qo’shimcha ta’lim-tarbiya beruvchi bolalar muassasasi.
Yosh psixologiyasi-turli yoshdagi odamlar xususiyatlarini, bir yosh davridan boshqa yosh davrida o’tishda ularning psixik rivojlanishini o’rganuvchi psixologiya fani sohasi.
Yosh davri-shaxs va organizm shakllanishiga xos maxsus qonuniyatlar yig’indisi bilan izohlanuvchi inson rivojlanishining muayyan bosqichi.
Yopiq o’quv muassasalari-muayyan vaqt oralig’ida tashqi muhitdan ajratilib, bolalarga ta’lim-tarbiya beriladigan ta’lim muassasasi.
Yondashish-ta’limga yondashish turi; pedagogik tamoyilga ko’ra, pedagogik jarayonda pedagogning talabalar bilan o’zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun … Read More
Yechim-yechish, masala va muammoning javobi.