Didaktik material
Didaktik material-ko’rgazmali o’quv qo’llanmalarning maxsus turlari.

Didaktik material-ko’rgazmali o’quv qo’llanmalarning maxsus turlari.
Didaktik markazlashgan pedagogik texnologiya-bola shaxsiga mutlaq befarq munosabatni ifodalovchi texnologiya.
Javonmardlik-o’z dastur va qoidalariga ega bo’lgan, borini o’zgalar bilan baham ko’rish, muhtojlarga yordam berish, piru ustoz, do’st-birodarlar nomusi, sharafini himoya etish kabilarga qaratilgan ma’naviy-tarbiyaviy harakat.
Yozma nutq-fikrni yozma, matn vositasida bayon qilish shakli.
ECTS (European Credit Transfer System) kredit texnologiyasi — oliy maktabda o’quv jarayonini tashkil etishning demokratik tizimi, yagona Yevropa ta’lim hududini yaratishning boshlang’ich darajasi.
Didaktik birlik-qo’shish, ko’paytirish, konspektlashtirish, sana va so’zlarni esda saqlab qolish, test o’tkazish, optimallashtirish usullari.
Didaktik adabiyot-1) axloqiy-ta’limiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va g’oyalar badiiy talqin qilingan pand-nasihat yo’nalishidagi kitob; 2) o’quv adabiyoti.
Didaktik o’yinlar-ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus ta’limiy o’yinlar.
Didaktik eksperiment metodi-borliqni o’zgartirib, uning ichki qonuniyatlarini o’rganib, unga ta’sir etishning samarador usullarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot metodi.
Didaktik tizim-ta’lim mazmuni, uni tashkil etishning shakl, metod, jarayonlari va o’qitish maqsadlaridan iborat tizim.