Deviant xulq-atvor
Deviant xulq-atvor-jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga zid bo’lgan alohida xatti-harakatlar tizimi.

Deviant xulq-atvor-jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga zid bo’lgan alohida xatti-harakatlar tizimi.
De brifing-amalga oshirilgan faoliyatning o’rganish va fikrlash davri.
Debatlar-ikki qarama-qarshi, o’zaro musobaqalashayotgan komanda (guruh) ishtirokchilarining oldindan tayyorlangan chiqishlariga asoslangan rasmiy muhokama.
Daho-favqulodda qobiliyat, zehn va zakovatga ega bo’lgan shaxs.
Daftar-tikilgan, muqovalangan toza qog’ozlar majmuidan iborat o’quv quroli.
Dastxat, avtograf-1) shaxsning o’z qo’li bilan yozgan yozuvi, imzosi; 2) muallifning asl (o’z qo’li bilan yozgan) qo’lyozmasi.
Dasturli ta’lim-tadrijiy ketma-ketlikda joylashgan sertarmoq o’quv materiali qismlaridan tashkil topgan o’rgatuvchi dasturlar yordamida o’qitish texnologiyasi.
Dasturli ma’ruza-maslahat-talabalarni muammo muhokamasida faol ishtirok etishiga undaydigan ma’ruza turi.
Dastutlashtirilgan ta’lim-materialni (qismlarga bo’lib) qadam-baqadam, har bir qismning o’zlashtirilganligini nazorat qilgan holda o’rganish texnologiyasi.
Dasturlash va algoritm kursi-injener-matematik va dasturchilikka oid mutaxassislik yo’nalishida matematik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan matematikaning tarkibiy qismi.