Dastur
Dastur-o’quv faoliyatini amalga oshirish rejasi va ushbu faoliyatning mazmunini ifodalovchi me’yoriy hujjat.

Dastur-o’quv faoliyatini amalga oshirish rejasi va ushbu faoliyatning mazmunini ifodalovchi me’yoriy hujjat.
Darsni jihozlash-o’tiladigan dars mavzusiga ko’ra o’quv-didaktik materiallar, qo’llanma, multimediya, o’quv vositalari kabilarni tanlash va tartibga keltirish.
Darslik yoki manba (kitob) bilan ishlash-materialni og’zaki bayon qilish metodlaridan biri. Bu metod Oliy ta’lim muassasalari amaliyotida muhim o’rin tutadi.
Darslik-muayyan fanga doir bilim asoslarini ma’lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma’naviy-g’oyaviy, ilmiy-uslubiy saviyada yozilgan o’quvchilar va talabalar uchun mo’ljallangan o’quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi.
Dars tahlili-o’quv mashg’ulotini bir butun, yaxlit holda yoki muayyan bo’laklarga bo’lib baholash.
Dars jadvali-o’quv rejasiga ko’ra o’quv haftasining har bir kunida sinflar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
Dars-auksion-mashg’ulotlar auksion tarzda o’tkaziladigan dars.
Dars-1) uzluksiz ta’lim muassalarida amalga oshiriladigan ta’limning asosiy shakli; 2) o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, mantiqiy tugallangan, yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning aniq vaqt bilan cheklangan qismi.
Dalton-plan (reja)-Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Dalton shahrida yaratilgan ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya ishlarini tizimlashtirishdan iborat reja. U yakka tartibdagi ta’lim tamoyiliga asoslanganligi uchun G’arbdagi ta’lim muassasalari tizimida keng qo’llanishi bilan … Read More
Daloilxona — O’rta Osiyoning yirik shaharlaridagi diniy maktab.