Gnoziya
Gnoziya-qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, “bilim” ma’nosini anglatadi.

Gnoziya-qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, “bilim” ma’nosini anglatadi.
Gnesologiya-bilish haqidagi ta’limot.
Gneseologik pedagogik negiz-pedagogika nazariyasining ijtimoiy-siyosiy, tabiiy, madaniy-ma’naviy borliqqa munosabati va uni aks ettirishi.
Global ta’lim (fransuzcha global-umumiy, lotincha globus-shar)-1) butun yer sharini qamrab oluvchi ta’lim; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal ta’lim; 3) keng qamrovli universal ta’lim.
Gistogramma-tekshiriluvchi belgilarni chastotali taqsimlanishi “ustunli” diagramma.
Gipermediya kitoblar-multimediya kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilish mumkin bo’lgan darslik.
Gimnastika-jismoniy tarbiyaning muhim turi bo’lib, jismoniy mashqlar tizimini o’z ichiga oladi.
Gimnaziya-umumiy o’rta ta’lim o’quv muassasasi bo’lib, unda asosiy va o’quvchilarning mayl va qobiliyatlariga ko’ra chuqurlashtirilgan, kasbiy tabaqalashtirilgan ta’limga yo’naltirilgan qo’shimcha o’quv dasturlari asosida o’qitiladigan ta’lim muassasasi. O’zbekiston va ayrim xorijiy … Read More
Gimnasiya-qadimgi Gretsiyadagi o’quv tarbiya muassasasi.
Gimn-madhiya. O’zbekiston Respublikasining gimni uning davlat madhiyasi hisoblanadi.