AMBIVALENTLIK
AMBIVALENTLIK — siyosiy ko’rinishlarning qarama qarshi va ichki ikki taraflamalikni belgilaydigan, uning ichki tarkibidagi shartli qarama qarshi fikrlarning mavjudligiga oid ibora.
AMBIVALENTLIK — siyosiy ko’rinishlarning qarama qarshi va ichki ikki taraflamalikni belgilaydigan, uning ichki tarkibidagi shartli qarama qarshi fikrlarning mavjudligiga oid ibora.
AMALIY GEOSIYOSAT — Lakost tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, geosiyosiy vositadan foydalanish, asosiy tamoyillarni hisobga olmagan holda, mintaqaviy miqyosdagi mikromuammolarga muvofiq keladi.
ALYANS (fr. alliance – ittifoq) — ayrim shaxslarning, siyosiy partiya yoki davlatlarning umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzgan ittifoqi, birlashmasi.
ALTING — Islandiyaning ikki palatali parlamenti.
ALTERNATIV HARAKATLAR — ekologiya, urush va tinchlik, turmush darajasi va b. dolzarb umumbashariy muammolarning o’ziga xos yechimlarini topishga intiluvchi yangi jamoatchilik harakatlari.
ALTERNATIV (fr. alternative, lot. alter – ikkitadan biri) — muqobil so’zi, birbirini istisno etuvchi imkoniyatlar xilma-xilligini, ulardan birini tanlash zarurligini bildiruvchi tushuncha. Alternativga tabiiy bir holat sifatida qarash kerak. Alternativ … Read More
ALGORITM — muammoni hal qilish dasturi bo’lib, qaysi harakatlar qanday ketma-ketlikda amalga oshirilganida natijaga erishish mumkinligini aniq belgilab beradi.
ALARMIZM — intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g’oyaviy oqim. U xavf solayotgan global muammolar – yaroviy, ekologik va h.k.lar – borasida ogohlantiradi.
ALARMIST (fr. xavotir, xavfsirash) — yetarli asosi bo’lmay turib, dod-voy solishni yaxshi ko’ruvchi, mish-mishlar tarqatuvchi shaxs.