Kovakichlilar
Kovakichlilar — umurtqasiz hауvonlar tipi. Masalan, meduzalar, poliplar.
Kovakichlilar — umurtqasiz hауvonlar tipi. Masalan, meduzalar, poliplar.
Kosmolitlar — Vatansizlar – joy tanlamaydigan o’simlik va hayvonlar, Yег yuzida juda keng tarqalgan o’simlik va hayvon turlari, urug’lari, turkumlari va hokazolar. Masalan, uy pashshasi, chumchuqlar.
Kosmik biologiya, koinot biologiyasi — turli koinot omillarining tirik organizmlarga ta’sirini va fazoviy sharoitga yerdagi organizmlar faoliyatini o’rganadigan biologiyaning bо’limi.
Kortikosteroidlar — buyrak usti bezi po’stlog’ining gormonlari. Кimyoviy tuzi\ishiga ko’ra steroidlarga kiradi. Organizmda tuz va suv (mineral kortikoidlar), uglevod va oqsil (glukokortikoidlar) almashinuviga hamda ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Korti organi — sut emizuvchilar eshitish tizimining tovush qabul qiluvchi qismi, tovush to’lqinini asab qo’zg’alishlariga aylantirib beradi. Quloq chig’anog’ida joylashgan. Italуаn gistologi А. Когti kashf etgan.
Korrelatsiya, о’zаrо munosabat — organizm hаr хil belgilarining o’zaro munosabati. Bu — organizm ichki muhitining doimiyligini saqlashga imkon beradi va uning tashqi sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.
Kormofitlar, bargpoyali o’simliklar — tanasi роуа, barg va ildizlarga differensiyalangan yuksak o’simliklar.
Kormobiont — Po’stloqda yashovchi — daraxt va butalar po’stlog’i yoki to’ngagida yashaydigan organizmlar.
Kopulatsiya, qo’shilish – jinsiy aloqa shakli, bunda ko’p hujayralilarning gametalari yoki eng soddalilarining gaploid hujayralari bir-biriga qo’shilib, zigota hosil qiladi.
Koprofillar, chiqindisevarlar, chiqindida o’suvchilar — go’ng to’plamlarida rivojlanadigan zamburug’larning ekologik guruhi.