Vodorod bakteriyalar
Vodorod bakteriyalar – molekulаг vodorodning oksidlanishi natijasida vujudga keluvchi energiya hisobiga rivojlanuvchi bakteriyalar guruhi.

Vodorod bakteriyalar – molekulаг vodorodning oksidlanishi natijasida vujudga keluvchi energiya hisobiga rivojlanuvchi bakteriyalar guruhi.
Vixuxol — hasharotxo’r, qimmatbaho mo’ynaga ega sut emizuvchi hayvon. Asosan molluskalar bilan ovqatlanadi. Dоn, Volga va Ural daryolari atrofida keng tarqalgan. Qizil kitobga kiritilgan.
Vivipariya — Tirik tug’ish – nasl qoldirish turi.
Vivariy, jonivorlar xonasi – tajriba o’tkazish maqsadida har xil hayvonlаr (kalamush, quyon va boshqalar) saqlanadigan binо.
Vitalizm — biologiyadagi hayotiy hodisalarni moddiy bo’lmagan g’ayri tabiiy kuch «hayotiy kuch»lar bilan bog’lovchi oqim.
Virusologiya — viruslar tuzilishi, sistematikasi, genetikasi, biokimyosi, shuningdek, inson va hayvonlar hayotida tutgan o’rnini o’rganuvchi fan.
Viruslar — tirik hujayra ichiga kirish va faqat unda ko’payish xususiyatiga ega hayotning hujayrasiz shakli. Odam, hayvon, o’simliklarda yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi.
Virulentlik — kasallik qo’zg’atuvchanlik darajasi. Patogen mikroorganizmlarning kasallik tug’dirish faolligini bildiradi.
Viroidlar — yuqumli agentlar; kichik molekulali bir polinukleotid zanjirdan tashkil topgan halqali RNK dan iborat. Kasalliklarga sabab bo’ladi.
Vilt, so’lish — qishloq xo’jalik o’simliklarining asosan parazit zamburug’lar vujudga keltiradigan so’lish kasalligi. Eng zararlisi g’o’za viltidir.