Vegetatsion usul
Vegetatsion usul — o’simliklarni sun’iy sharoit (tajriba idishlariga solingan suv, qum, tuproq)da o’stirib, ular hayot faoliyatini o’rganish yo’li.

Vegetatsion usul — o’simliklarni sun’iy sharoit (tajriba idishlariga solingan suv, qum, tuproq)da o’stirib, ular hayot faoliyatini o’rganish yo’li.
Urug’lanish, otalanish — ikki jinsiy hujayraning qo’shilishi.
Urug’ko’chat — asosan daraxt va butalarning urug’idan ekib yetishtiriladigan ko’chat.
Urug’don — spermatozoidlarni va jinsiy gormonlar hosil qiluvchi erkak jinsiy bezlar.
Urug’ — urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish va tarqalish vazifasini bajaruvchi a’zosi.
Uyushma, to’da — tirik mavjudot vakillarining ma’lum tabiiy hududda birgalikda yashashi (fitotsenoz, zootsenoz).
Uyqu arteriya qon tomirlari — umurtqali hayvonlar bo’yin va bosh qismini qon bilan ta’minlovchi tomirlаr.
Uyqu — issiqqonli hayvonlardagi qattiq qish yoki uzoq davom etgan qurg’oqchilik mavsumlarini shikastlanmasdan o’tkazishga imkon bегаdigan karaxtlik yoki uyqu davri.
Uvildiriq sochish — ko’payish jarayonida baliq va to’garakog’izlilar urg’ochilarining uvildiriq tash1ashi va uni erkaklarining urug’lantirishi.
Uvildiriq, ikra — baliqlar аmfibiуаlаr va boshqa dengiz hayvonlarining tuxumi.