Vegetativ
Vegetativ — o’simlik yoki hayvonlаr oziqlanishi yoxud o’sishi bilan bog’liq a’zolar уо a’zolar tizimini, shuningdek, ular faoliyatiga aloqadorlikni anglatadi. Masalan, o’simlikning vegetativ organlari, vegetativ asab tizimi.

Vegetativ — o’simlik yoki hayvonlаr oziqlanishi yoxud o’sishi bilan bog’liq a’zolar уо a’zolar tizimini, shuningdek, ular faoliyatiga aloqadorlikni anglatadi. Masalan, o’simlikning vegetativ organlari, vegetativ asab tizimi.
Vazopressin — gipofizning orqa bo’lakchasi ishlab chiqaradigan peptid tabiatli gormon. Qiltomirlar faoliyatiga уа organizmda suv-tuz almashinuviga ta’sir qiluvchi omillardan biri.
Vazomotor regulatsiya, qon ауlanishini boshqarish — metobolik talablarga ko’ra, qon tomirlarini toraytirish уа kengaytirish bilan pereferik qon aylanishining boshqarilishi.
Vazoaktiv moddalar — qon tomirlarning torayishini jadallashtiruvchi moddalar.
Varo1iyev ko’prigi — o’rta vа uzunchoq miya o’rtasida joylashgan miya tanasining qismi.
Variatsion qator — biron-bir belgi miqdoriy ifodasining pasayuvchi yoki ko’tariluvchi qiymatlar qatorida joylanishi.
Vаnilin — vanil o’simligi mevalarida uchraydigan dezoksibenzoat aldegidining efiri. Oziq-ovqat уа parfumeriya sanoatida xushbo’y modda sifatida ishlatiladi.
Vampirlar — Arvohshapalaklar, qon so’ruvchilar — ko’rshapalaklar oilasi. Qon so’ruvchilar deb noto’g’ri talqin qilingan.
Valinomitsin — membranalar orqali kaliy ionining o’tishini oshiruvchi polipeptid. Antibiotik sifatida foydalaniladi.
Valin — ko’pchilik oqsillar tarkibiga kiradigan zaruriy aminokislota.