Sistein
Sistein — ko’pchilik tabiiy oqsillar tarkibida uchraydigan oltingugurt tutuvchi aminokislota. Organizmni har xil zaharli moddalardan saqlashda katta ahamiyatga ega.

Sistein — ko’pchilik tabiiy oqsillar tarkibida uchraydigan oltingugurt tutuvchi aminokislota. Organizmni har xil zaharli moddalardan saqlashda katta ahamiyatga ega.
Sista, tinimdagi sporalar — ko’pchilik eng sodda organizmlarning yashash shakli. Vaqtincha qalin qobiq bilan о’rаlib, noqulay sharoitdan оmоn qoladi. Parazit turlar sista shaklida tashqi muhit orqali boshqa хо’jayinga o’tadi.
Sirkalar — bit tuxumchalari.
Sezish, tuyg’u — tashqi muhit ta’sirini bosim yoki tegish yo’li bilan organizmning yuza qismlarida joylashgan retseptorlar yordamida sezish.
Seroz parda — epitelial qatlam bilan o’ralg’ini biriktiruvchi to’qimali parda. Odam va hayvon tanasi bo’shliqlarini о’гаb turadi. Joylashgan o’rniga qarab qorin pardasi, o’pka pardasi, perikard, epikard deb nomlanadi.
Seroz bezlar, zardob bezlari — tiniq, qon zardobiga o’xshash suvli sekret ishlab chiqaruvchi bezlar.
Serotoksin — qon zardobi zahari.
Serologiya — qon zardobi xususiyatlarini, begona tanachalar bilan zidditanachalarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi fan. Odam va hayvon organizmlarining yuqumli kasalliklarini aniqlashda qo’llanadi.
Serobakteriyalar – Oltingugurt bakteriyalari, tiobakteriyalar — vodorod sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalarni oskidlab, o’zi uchun zarur energiyani oluvchi bakteriyalar. Таbiatda oltingugurt almashinuvida muhim ahamiyatga ega.
Seritsin, ipak yelimi — ipak quгtining maxsus bezlarida ishlab chiqiladigan oqsil. Хоm ipakning 30% ga yaqini seritsindan iborat.