Serin
Serin — proteinogen aminokislota. Barcha oqsillar tarkibida uchraydi. Ayniqsa, u ipak oqsili (fibroin)da ko’p.

Serin — proteinogen aminokislota. Barcha oqsillar tarkibida uchraydi. Ayniqsa, u ipak oqsili (fibroin)da ko’p.
Serebral suyuqlik — Bosh vа orqa miya suyuqligi — bosh miya bo’shliqlari va orqa miyaning markaziy bo’shlig’ini to’ldirib tuгuvchi rangsiz suyuqlik.
Serebr … — bosh miyaga taalluqlilikni bildiruvchi qo’shma so’z bo’lagi.
Septalar, to’siqlar, pardalar — o’simlik va hayvon organizmlaridagi bo’shliqlar yoki hujayra massalarini ajratib turuvchi ko’ndalang pardalar.
Sepsis, chirish, zaharlanish — odam va hayvon organizmining итиmiy yuqumli kasalligi; yiring boylagan joylardagi mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari tomonidan qonning zaharlanishi.
Sepiya — karakatitsa (dengiz molluskasi) ning och jigarrangli bo’yog’i “siyoh qopi”.
Sensor hujayralar, sezgir hujayralar — umuгtqali hayvonlarning tashqi ta’sirlarni sezuvchi eng murakkab hujayralari: ko’rish, eshitish, hid bilish va boshqa shu kabi а’zolarga xos.
Sentrosoma — hujayra organoidi. Ikkita sentrioladan tashkil topgan. Sentrosomaning vazifasi hujayra bo’linishi bilan bog’liq.
Sensor a’zolar — Sezgi a’zolari — idrok qilish, ko’rish, eshitish, hidlash, sezish hamda bilish a’zolari va boshqalar.
Sensilla — sezgirlik elementlari; hasharotlar sezgi a’zolarining asosiy elementi.