Splaysing
Splaysing, ulab uzaytirish – RNK jarayoni (yetilishi) turlaridan biri. Juda katta molekulali geterogen yadroli RNKlarning kichikroq sitoplazmatik RNK molekulalarga aylanishi.

Splaysing, ulab uzaytirish – RNK jarayoni (yetilishi) turlaridan biri. Juda katta molekulali geterogen yadroli RNKlarning kichikroq sitoplazmatik RNK molekulalarga aylanishi.
Spirulina — ko’k-yashil suvo’tlar turkumi, oqsilga bоу. Afrika (Chad), Lotin Amerikasi (Meksika)dagi ko’lmak suvlarda o’sadigan xillaridan yerli xalq ozuqa sifatida foydalanadi. O’zbekistonda ipakchilik уа раrrапdachilikda foydalanish tavsiya qilingan.
Spiroxetalar — hujayralari uzun spiralsimon buralgan bakteriyalar tartibi. Hujayra qobig’iga ega bo’lgan protoplazmatik silindrdan iborat. O’ta harakatchan, ko’pchiligi yuqumli kasalliklar tarqatadi.
Stenofaglar — ozuqaning birgina yoki bir-biriga yaqin bir necha turi bilangina ovqatlanuvchi organizmlar. Masalan, o’txo’rlar.
Stenobiontlar — yashashi uchun ma’lum shart-sharoitlar (namlik, bosim, harorat)ning nisbatan doimiy bo’lishini qat’iy talab qiluvchi organizmlar. Masalan, suv ayg’iri (bеgemot).
Stela, markaziy nау — o’tkazuvchi to’qimalarni o’z ichiga olgan poyaning markaziy nау qismi.
Steatoz, moyli, yog’li – sitoplazmada moyli birikmalar (donachalar) ning ko’p miqdorda bo’lishi.
Stearin — qattiq yuqori molekular yog’ kislotalar aralashmasi (asosan stearin уа palmitin kislotalar). Науvоn yog’laridan olinadi.
Statsiya, yashash joyi, qarorgoh — qisqa vaqt davomida foydalaniladigan (mavsumiy, kechasi yoki kunduzi) yoki biror maqsadlar uchun zarur bo’lgan (ovqatlanish, ko’payish) istiqomat joyi.