Staminodiy
Staminodiy — chang hosil qilmaydigan naslsiz, ko’rinishi o’zgargan changchilar. Ko’pincha gulshira — nektar ajratuvchi bezlarga aylangan.

Staminodiy — chang hosil qilmaydigan naslsiz, ko’rinishi o’zgargan changchilar. Ko’pincha gulshira — nektar ajratuvchi bezlarga aylangan.
Stafilokokklar — yumaloq bakteriyalar turkumi. Bo’linib ko’payganda, ajralib ketmasdan, uzum shingillariga o’xshash shakl oladi. Yakka holda ham yashayveradi. Ko’pgina kasalliklаг, jumladan, angina (tomoq og’rig’i), yiringli yaralar sababchisi.
Sun’iy tanlash — o’simlik va hayvonlarning xo’jalik jihatidan birmuncha ahamiyatli bo’lgan zotlari va navlaridan tanlab chatishtirib, yangilarini yaratish.
Sporotsid — sporalarni nobud qiluvchi moddalar.
So’zanbaliq, barbuslar – karpsimоn baliqlar oilasi. Оrоl dengizida yashaydi.
So’rg’ichlilar — yassi chuvalchanglar sinfining eski nomi.
So’lak bezlari — quloq oldi, jag’ osti, til osti bezlarining yig’indisi. Asosan og’iz bo’shlig’iga so’lak ajratadi.
Sxizokarpiy, ajraluvchi mеvа — bo’laklarga ajraladigan meva.
Sug’orish — уеr holatini yaxshilash uchun unga suv berish.
Suyakli baliqlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Hozirgi zamon baliqlarining eng katta guruhi.