Suspenziya
Suspenziya — muallaq zarrachalar.

Suspenziya — muallaq zarrachalar.
Senoz — Uyushma, qavm – оrganizmning ma’lum sharoitdagi har qanday uyushmasi. Masalan, zootsenoz, fitotsenoz.
Senogenez — organizm embryonal rivojlanish yoki quгt davridagi o’ziga xos sharoitlarga moslashishi. Вu хususiyat katta yoshdagi individlarda saqlanmaydi. Atamani fanga L.N.Seversov kiritgan (1912).
Senobioz — organizmlarning guгuh (uyushma)larda birgalikda hayot kechirishi.
Selom, bo’shliq, tananing ikkilamchi bo’shlig’i — ko’p hujayrali hayvonlarning ichki a’zolari bilan tana devori o’rtasidagi bo’shliq. Asosan tayanch vazifasini bajaradi.
Selluloza — glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan uglevod. O’simlik hujayrasining qobig’i asosan sellulozadan tashkil topgan.
Sekretlar (o’simliklarda), ajratilgan moddalar — o’simlikdagi ajratuvchi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan va o’simlik tanasida qoladigan suyuqlik — shiralar.
Sekretor hujayralar, ajratuvchi hujayralar — har xil suyuqlik va efir moddalar ishlab chiqaruvchi bezlarning hujayralari.
Sekretsiya, shira ajratish — hujayralar, asosan, bez hujayralarining moddalar ajratib chiqarish jarayoni.