Poligibrid
Poligibrid, ko’p duragay — ko’p sonli genlar bo’yicha farqqa ega bo’lgan zotlarni chatishtirish natijasida hosil bo’lgan duragay.

Poligibrid, ko’p duragay — ko’p sonli genlar bo’yicha farqqa ega bo’lgan zotlarni chatishtirish natijasida hosil bo’lgan duragay.
Poligen naslga o’tish, ko’p genli irsiylanish — ko’p genlar bilan ifodalanadigan va ayrim holda kuchsiz ta’sirga ega bo’lgan belgilarning naslga o’tishi.
Poligamiya — Kо’р oilalilik — bir erkak zotning bir necha urg’ochi zot bilan jinsiy munosabatlari. Poliandriya vа poliginiya ma’lum.
Polifosfatlar — Murakkab fosfatlar — anorganik tabiatli yuqori energetik birikmalar.
Роlifiliуа — Kо’р ajdodlilik — biron organizm guruhining bir-biri bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo’lmagan bir necha xil ajdodlardan kelib chiqqanligi.
Роlifеnоllаr, murakkab fenollar — tarkibi ikki va undan ortiq aromatik halqadan hamda bir, ikki уа undan ortiq gidroksil guruhlardan iborat murakkab organik birikmalar.
Polifagiya, ko’p xil ozuqali – har xil turga mansub ozuqalar bilan ovqatlanadigan organizmlar, biroq hammахо’r emas. Masalan, baqalar, kaltakesaklar.
Poliembrioniya, ko’p pushtlilik — 1) bir zigota (tuxum)da bir necha pushtning rivojlanishi; 2) bir urug’da bir necha murtakning yetilishi.
Polibiont — Joy tanlamaydigan — turli muhit yoki agregat holatlarda (suvda, tuproqda, muzda) yohud turli xo’jayinda (parazitlarga xos) yashovchi organizrn.
Pogonoforlar — Sоqоllilаr – dengiz tubida yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Ipsimon tanaga ega bо’lib, ular xitindan tashkil topgan himoya naycha ichida joylashgan.