Рtеrоdаktillаr
Рtеrоdаktillаr – Qаnоtраnjаlilаr — uchish imkoniyatiga ega bo’lgan sudralib yuruvchilarning qazilma guruhi.

Рtеrоdаktillаr – Qаnоtраnjаlilаr — uchish imkoniyatiga ega bo’lgan sudralib yuruvchilarning qazilma guruhi.
Protoplast — hujayraning protoplazта, mag’iz, plastida va mitoxondriyadan tashkil topgan tirik moddasi.
Proton nasosi — Proton damlagichi — nafas olish zanjirida elektronlar oqimini harakatga keltiruvchi fermentlar tizimi. Elektronlarning ko’chirilishida hosil bo’lgan energiya hisobiga «nasos» protonlarni mitoxondriya matriksidan membranalararo bo’shliqqa siqib chiqaradi.
Protistologiya — eng sodda hayvonlar, ya’ni bir hujayrali organizmlarni o’rganuvchi fаn.
Protistlar — Sodda organizmlar — bir hujayrali organizmlar.
Proteoletik fermentlar — proteazalar, oqsil va peptidlarning gidrolitik parchalanishini katalizlovchi fеrmentlar.
Proteogenez — oqsillarning hosil bo’lishi.
Proteinogen aminokislotalar — faqat oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalar bo’lib, ular 20-22 ta.
Pnevmatoforlar — Havo ildizlari — suvda va botqoqli joylarda o’sadigan o’simliklarning nafas oluvchi ildizlari.
Plushch — araliyadoshlarga mansub doim yashil, so’rg’ichildizli, yog’ochlangan tanali lianalar.