Plantatsiya ekinzor
Plantatsiya ekinzor, dala – biron o’simlik egallagan maydon yoki suv havzasi. Masalan, g’o’za plantatsiyasi.

Plantatsiya ekinzor, dala – biron o’simlik egallagan maydon yoki suv havzasi. Masalan, g’o’za plantatsiyasi.
Plankton, qalqib yuruvchi – suv qatlamida juda sust suzib yuruvchi organizmlar yig’indisi. Ular faqat suv oqimi bilan harakatlanadi.
Piyoz, boshpiyoz — o’simlikning qisqargan, еtli yer osti poyasi. Masalan, piyoz.
Pix — 1) ba’zi hayvonlar oyog’i yoki qanotidagi shoxsimon hosilalar. Masalan, xo’rozlar oyog’idagi pix; 2) gultoj tubidagi cho’ziq o’simta. Masalan, isfarakdagi.
Pichanxo’rlar — hasharotlar turkumi. Asosan o’simlik va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Кitob, gerbariy va boshqalarni ham уеb, zarar keltirishi mumkin.
Pitonlar — Bo’g’ma ilonlar — tropik va subtropik o’rmonlarda yashaydigan ilonlarning kenja oilasi. Sut emizuvchilar, sudralib yuruvchi va qushlar bilan oziqlanadi. Uzunligi 1,5-10 m.
Pitomnik — Ko’chatzor, раrvаrishxona — qishloq xo’jaligi uchun ekin ko’chatlarini yoki hayvon zotlarini yetishtiriladigan maxsus joy.
Pitekantrop — tik yuruvchi maymun. Qoldiqlari to’rtlamchi qatlamlardan topilgan. Neandertal odam ajdodi.
Piroplazmidlar — parazit sodda organizmlar. Uy hayvonlarida og’ir kasalliklar qo’zg’atadi. Yaylov kanalari tarqatadi.
Pirimidin asoslar — nukleozidlar, nukleotidlar va nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi tabiiy pirimidinlarning hosilalari (sitozin, timin, urasil).