Detskoye mesto, yo’ldosh nima degani
Detskoye mesto, yo’ldosh nima degani – homiladorlik vaqtida hosil bo’ladigan a’zo, u orqali homilaning ona organizmi bilan aloqasi ta’minlanadi.

Detskoye mesto, yo’ldosh nima degani – homiladorlik vaqtida hosil bo’ladigan a’zo, u orqali homilaning ona organizmi bilan aloqasi ta’minlanadi.
Desna, milk nima degani – jag’larning tishlar bo’ynidan to o’tuvchi burmalargacha (og’iz bo’shlig’ining old dahlizi tomonidan) va og’iz bo’shlig’i tubidagi shilliq pardalargacha bo’lgan yumshoq to’qima.
Deformatsiya sustava, bo’g’im deformatsiyasi nima degani – bo’g’im shaklining o’zgarishi, bo’g’im hosil qiluvchi suyaklar oxirlarining siljishi, chiqishi va patologik to’qimalar o’sishi bilan kechadi.
Diabet nesaxarxiy, qandsiz diabet nima degani – bir qator patologik jarayonlar bilan oraliq miya-gipofizar sistemaning shikastlanishidan kelib chiqadigan sindrom.
Diabet saxarniy (saxarnoye mocheiznuriye, saxarnaya bolezn), qandli diabet (qandli siyish, qand kasalligi) nima degani – murakkab neyro-endokrin buzilishlardan kelib chiqadi; bunda asosiy o’rinni me’da osti bezning orolchalaridagi beta-hujayralari insulinni kam … Read More
Diartroz nima degani – suyaklarning harakatchan yoki bo’g’imli qo’shilishi; bir suyak boshqa suyakdan juda kichik bo’g’im tirqishi bilan ajralib turadigan chin bo’g’im.
Diastola nima degani – yurak faoliyati fazasi yurakning mushak devori bo’shashishi tufayli uning bo’shliqlarining kengayishi va buning natijasida aynan shu bo’shliqning qonga to’lishi.
Diatermiya nima degani – odam tanasining chuqur joylashgan to’qimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali tok bilan isitib davolash usuli.
Diafragmatit nima degani – diagragma yallig’lanishi; plevrit, peritonit, jigar, o’pka abssesslari asorati hamda infeksiyani diafragmaga qon va limga yo’li orqali tarqalishi oqibatida yuzaga keladi.
Divergentsiya glaz, ko’z divergensiyasi nima degani – ko’ruv o’qlarining o’zining asl holatiga nisbatan yoki parallel holatidan ayrilishi (tashqariga qarashi).