Ornitofag
Ornitofag, qushxo’r — qushlar bilan oziqlanadigan organizmlar.

Ornitofag, qushxo’r — qushlar bilan oziqlanadigan organizmlar.
Оrnitоfiliуа — nektar (gulasal) bilan oziqlanadigan qushlar yordamida gulli o’simliklarning changlanishi. Zoofiliya turi.
Ornitin — o’simlik уа sut emizuvchilar to’qimalarida uchraydigan, oqsillar tarkibiga kirmaydigan aminokislota. Mochevinaning hosil bo’lishida asosiy ahamiyatga ega.
Organizmning himоуа reaksiyalari — zararkunanda yoki infeksiya ta’sirida hujayrada paydo bo’ladigan fiziologik уа biokimyoviy jarayonlar majmui.
Organizm — modda уа energiya almashinuvi mavjudligi bilan xarakterlanuvchi biologik tizim; ayrim tirik mavjudot.
Oyquloq оуоqlilаr — tuban qisqichbaqasimonlar sinfi. Ko’krak oyoqlarida parraksimon o’siqlar уа oyquloqlari bог. Asosan chuchuk suvlarda yashaydi.
Oyquloq orqali nafas oluvchilar — bo’g’imoyoqlilarning kenja tipi; bitta sinfi — qisqichbaqasimonlar. Oyquloq orqali nalas oladi, ikkita mo’ylovli, dastlabki suvda paydo bo’lgan hayvonlar.
Oyoqsiz suvda va quruqda yashovchilar — umurtqali hayvonlar turkumi. Yomg’ir chuvalchanglariga o’xshab ketadi. Tropik mamlakatlarda keng tarqalgan.
Ovulatsiya — sut emizuvchilarda voyaga yetgan tuxumhujayraning tuxumdondan tana bo’shlig’iga chiqishi. Ko’pchilik hayvonlarda jinsiу sikl (menstrual) shakllaridan biri. Ayrim hayvonlarda (quyon, mushuk) ovulatsiya juftlashish vaqtida bo’ladi.
Ovqat hazm qilish tizimi – ovqat hazm qilish jarayonini amalga oshiruvchi a’zolar majmui.