Modda almashinuvi
Modda almashinuvi — tirik organizmlarda sodir bo’ladigan modda va energiyaning qonuniy tartibda o’zgarib, almashinishi. Hayot аsosida tashkil etuvchi kimyoviy reaksiyalar majmui.

Modda almashinuvi — tirik organizmlarda sodir bo’ladigan modda va energiyaning qonuniy tartibda o’zgarib, almashinishi. Hayot аsosida tashkil etuvchi kimyoviy reaksiyalar majmui.
Mobil genetik element, harakatchan irsiy elemetlar – DNKning «sakrovchi genlari,). Bular DNK ning goh bir qismida, goho boshqa qismida paydo bo’lish xususiyatiga ega.
Miyelin — asab tolasining ko’p qavatli mеmbrаnа qobig’i.
Miyacha — bosh miyaning organizmni muvozanatda saqlash va harakatlarni uyg’unlashtirishni boshqaruvchi qismi.
Miya qutisi — miya skeletining bir bo’limi, bosh miya, hid sezish va eshitish a’zolari, qisman ko’rish a’zolarini himoya qiladi.
Miya — hayvonlar va odam asab tizimidagi markaziy qism. Umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orqa miyaga bo’linadi. Miya to’qimalari kulrang va oq moddadan tashkil topgan.
Mitoz — Noto’g’ri bo’linish — hujayralarning asosiy bo’linish usuli. Hujayra va yadroning bo’linishida xromosomalar ikki barobarga ko’payadi hamda yangi hujayralar o’rtasida bаrоbаr taqsimlanadi. Bir qancha bosqichdan iborat: profaza, metafaza, anafaza, … Read More
Mitoxondriya DNKsi – mitoxondriyaning uncha katta bo’lmagan halqasimon DNK molekulasi. Sitoplazmatik irsiyat molekular antropologiya va paleogenomikada muhim ahamiyatga ega.
Mitoxondriya — hujayraning quvvat markazlari; eukariot organizmlarni energiya bilan ta’minlaydigan donador hujayra organoidi.
Mitsellalar — hayvon va o’simliklarning tolasimon to’qimalarini hosil qiluvchi nozik ipsimon hosila.