Matritsa
Matritsa — genetik informatsiya nusxasini olish uchun qolip yoki asos. Bu DNK ning polinukleotid zanjiri bo’lib, undan yangi nusxa olish uchun xizmat qiladi.

Matritsa — genetik informatsiya nusxasini olish uchun qolip yoki asos. Bu DNK ning polinukleotid zanjiri bo’lib, undan yangi nusxa olish uchun xizmat qiladi.
Matriks (sitologiyada) – hujayraning asosiy moddasi.
Maskulinizatsiya, erkaklanish — urg’ochi zotlarda erkaklik ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo’lishi.
Markaziy asab tizimi — odam va hayvon asab tizimining asosiy qismi bo’lib, bosh hamda orqa miyadan tashkil topgan. Uning asosiy faoliyati reflekslarni, ya’ni огgапizmпiлg murakkab, yuksak ixtisoslashgan reaksiyalarini amalga oshirishdir.
Maqsadga muvofiqlik – organizmning yashash sharoitiga moslashib, tuгli a’zolarining o’zaro uyg’unlik bilan harakat qilishi. Darvin ta’limotiga ko’ra maqsadga muvofiqlik tabiiy tanlanish natijasidir.
Manzarali o’simliklar — ko’rinishi, shakli chiroyli, guli va barglari rang-barang, bog’, xiyobonlar va ko’chalarga xushmanzara berishda foydalaniladigan o’simliklar.
Mannanlar — o’simliklarning jamg’arma va tayanch vazifasini bаjaruvchi polisaxaridlari; asosan, mапnozalardan tashkil topgan.
Mammologiya, mammaliologiya — zoologiyaning sut emizuvchilarni o’rganuvchi sohasi.
Maltoza, don shirasi, don shikari — ikkita glukoza molekulasidan iborat disaxarid. Unayotgan don shiralarida ko’p miqdorda uchraydi.
Malpigiy tomirlari — hasharotlar, o’rgimchaksimonlar va ko’poyoqlilar o’rta hamda orqa ichagi chegarasida joylashgan tomirsimon kanallar Chiqarish va osmoregulatsiya vazifasini bajaradi.