Makula — Eshitish dog’lari
Makula — Eshitish dog’lari — umuгtqali hayvonlar ichki qulog’idagi sezuvchi hujayralar guruhi.

Makula — Eshitish dog’lari — umuгtqali hayvonlar ichki qulog’idagi sezuvchi hujayralar guruhi.
Makrospora — Katta spora — sporali yuksak o’simliklarning urg’ochi jinsiy gametofit hosil qiluvchi katta sporasi.
Makroorganizmlar — Katta organizmlar — o’lchami 0,5 millimetrdan ortiq bo’lgan ko’p hujayrali organizmlar.
Makronukleus, yirik yadro – infuzoriyalardagi katta somatik yadro. Modda almashinuvi jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi.
Makromolekula — kichik molekulalaгning takrorlanishi natijasida hosil bo’lgan polimerlar. Muгakkab va o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, hujayrada ma’lum vazifalarni bajaradi.
Makrogliya — asab to’qimasi xillaridan biri. Neyronlarga o’xshash hujayralar, bir oz qo’zg’atish xususiyatiga ega.
Makrogameta — Katta jinsiy hujayra — harakatsiz urg’ochi jinsiy hujayra.
Makrofaglar — Katta hujayralar — biriktiruvchi to’qima hujayralari — odam va umurtqali hayvon organizmi to’qimalari hamda qonida keng tarqalgan hujayralar. Bular organizmdagi zararli bakteriyalаr, hujayra qoldiqlari va boshqa yot yoki … Read More
Makroevolutsiya — Katta evolutsiya — turdan yuqori pog’onada turuvchi taksonomik kategoriyalar, ya’ni turkum, oila sinflarning vujudga kelishini ta’minlovchi evoyutsion jarayon. Bunday taksonlar, odatda, uzoq vaqt davomida vujudga keladi.
Makroenergetik birikmalar, еnеrgiyaga bоу birikmalar — ATF va fermentativ reaksiyalarda ATF hosil qilish xususiyatiga ega bo’lgan birikmаlаr. Bu birikmalarni gidroliz qilinganda ko’p miqdorda energiya ajralib chiqadi.