Ko’k-yashil suvo’tlar
Ko’k-yashil suvo’tlar – asosan chuchuk suvlarda yashovchi suvo’tlar guruhi, hujayra tuzilishiga ko’ra prokariotlarga yaqin turadi.

Ko’k-yashil suvo’tlar – asosan chuchuk suvlarda yashovchi suvo’tlar guruhi, hujayra tuzilishiga ko’ra prokariotlarga yaqin turadi.
Ko’krak tojsiz qushlar, yuguruvchi qushlar — uchish layoqatini yo’qotgan ko’krak toji yo’q qushlar. Masalan, tuyaqushlar.
Ko’krak toji, ko’krak toj suyagi — umurtqali hayvonlar ko’krak-to’sh suyagidagi o’simta; katta va kichik ko’krak mushaklari birikadigan joy. Uchish layoqatiga ega ko’pgina va ba’zi uchmaydigan umurtqali hayvonlar (masalan, qushlar, ko’rsichqon, … Read More
Ko’krak suyagi — yerda yashovchi umurtqalilar skeletining bir qismi; yelka kamarining tayanchi.
Ko’krak qafasi — ko’krak umurtqalari, qovurg’alar va to’sh suyagining birikishidan hosil bo’lgan skelet o’qining bir qismi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar yelka kamarini ushlab turuvchi mustahkam tayanch.
Ko’krak bo’shlig’i — ko’krak qafasi ichidagi bo’shliq; unda kekirdak, qizilo’ngach, yurak, o’pka joylashgan.
Ko’krak — tananing oldingi (hayvonlarda) yoki yuqori (odamda) qismi.
Ko’knordoshlar — ikki pallali o’simliklar oilasi, ko’knoridan оliу navli mоу, morfin, papaverin tayyorlanadi.
Kuchala — to’pgul xili. Masalan, terak, oq qayin va boshqalar guli.
Kuzgi ekinlar — rivojlanishi va me’yorli o’sishi uchun past harorat talab qiluvchi bir yillik o’simliklar. Shuning uchun ularni kuzda ekilib, qishlaydi.