Kuyindi
Kuyindi, jizg’in — o’simlik o’sayotgan joyning o’t ketgan yoki kuyib bitgan qismi.

Kuyindi, jizg’in — o’simlik o’sayotgan joyning o’t ketgan yoki kuyib bitgan qismi.
Kuyikish davri — sut emizuvchi hayvonlarning juftlashish davridagi xulq-atvorlarining ko’rinishi. Mavsumiy xarakterga ega.
Кutin — Mumsimon parda — o’simliklarning epidermis hujayralaridan ajraladigan va hujayra qobig’i yuzasida Yupqa parda ko’rinishida yig’iladigan mumsimon modda.
Kutikula — hayvonlarda epitelial to’qima yuzasida paydo bo’lgan hujayrasiz hosil; o’simliklarda esa роуа, barg va ayrim mevalar yuzasini qoplagan yupqa yaltiroq parda. Kutikula yog’simon kutin moddasidan tashkil topgan.
Kustarnik, buta — ko’p yillik, bo’yi 2-3 metrdan oshmaydigan, yerning yuza qismidayoq sershox yog’ochlangan tana hosil qiluvchi o’simliklar (masalan, na’matak).
Kurtaklanish — vegetativ ko’payish usullaridan biri. Bunda опа organizmida kurtak — o’simta rivojlanib, undan yangi individ shakllanadi va ajralib chiqadi.
Kurtak — o’simliklarning poyasi, guli, gulto’plami va boshqa qismlarini hosil qiluvchi boshlang’ich o’sish organi.
Kurakoyoqlilar — dengiz molluskalari sinfi. Oyoqlarida qo’shimcha pardasimon bir juft o’simtalar mavjud.
Kurakoyoqlar — ikkilamchi suvga qауtgаn umurtqali hayvonlar oyog’i. Туulеn, morj уа shu kabilarga xos.
Kurak tishlar — ko’pchilik sut emizuvchilar уа odamning oldingi bir ildizli tishlari.