Qo’sh puli
Qo’sh puli-Buxoro amirligida XX asr boshlarida har bir juft ish hayvoni hisobidan olinadigan soliq turi.

Qo’sh puli-Buxoro amirligida XX asr boshlarida har bir juft ish hayvoni hisobidan olinadigan soliq turi.
Qushbegi-XV-XVI asrlarda podshoh va xonlar qushxonasining mutasarrufi bo’lgan. Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o’tkazish vazifalari yuklatilgan.
Qutvol-Buxoro xonligida davlat tomonidan tayinlangan maxsus mansabdor bo’lib, davlat qurilishlariga javobgar shaxs bo’lgan. U ark qurilishlari, qal’a devorlari va imoratlarini ta’mirlash ishlari bilan shug’ullangan va unga javob bergan.
Qurun aqron-asrlar, yuz yilliklar, davrlar degan ma’noni anglatgan.