Sep
Sep-qiz turmushga chiqayotganida unga ota-onasi yoki qarindosh-urug’lari tomonidan tortiq etiladigan mol-mulk.

Sep-qiz turmushga chiqayotganida unga ota-onasi yoki qarindosh-urug’lari tomonidan tortiq etiladigan mol-mulk.
Sahhof-muqovasoz. O’rta Osiyoda kitobni muqovalaydigan kasb egasi sahhof deb atalgan. XX asrning birinchi choragigacha sahhoflar kitoblarni qo’lda muqovalash bilan shug’ullanib kelganlar.
Sahobalar-Muhammad Payg’ambarning eng yaqin safdoshlari; ular Muhammad Payg’ambarni o’z ko’zlari bilan ko’rgan shaxslardir.
Sag’oniyon (Chag’oniyon)-o’rta asrlarda Movarounnahrda mavjud bo’lgan qadimiy viloyat. Tarixiy manbalarda Chag’oniyon deb yuritilgan. U hozirgi O’zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati hamda qisman Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan.
Safforiylar davlati-Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik qilgan feodal davlat. Asoschisi seyistonlik dehqon Yoqub ibn Lays as-Saffor (867-879). Yoqub ibn Lays Arab xalifaligi tomonidan Xurosondagi xalq qo’zg’olonlarini bostirish uchun tuzilgan ko’ng’illi “g’oziylar” … Read More
Safforiylar-Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Yoqub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Yoqub ibn Lays (867-879), Amir ibn Lays (879-900), Tohir ibn Muhammad (901-908).
Saffof-misgar, mis bilan ishlovchi.
Satrapiya-Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar davlatlarida satraplar boshchiligidagi harbiy-ma’muriy okrug. Satrapiyaga satraplardan tashqari harbiy boshliqlar ham tayinlangan. Hozirgi O’rta Osiyo hududlarida ham o’sha davrda alohida satrapiyalar tashkil etilgan. Har bir … Read More
Sarhang-XIX asrda Xiva xonligida qo’llanilgan harbiy-tarixiy atama. O’sha davrda xonlikdagi qal’alar atrofiga dushman otliqlari yo’lini to’sish maqsadida yog’och qoziqlar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruvchilarga rahbarlik qilgan shaxs sarhang deb atalgan.