Ol
Ol-podsho muhri, imzo.

Ol-podsho muhri, imzo.
Ol-avlod, nasab, urug’,
Oytamg’ali-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan do’rmon, qipchoq, qurama, qo’ng’irot, nurota turkmanlari va boshqa yirik qabilalar tarkibiga kirgan yirik urug’lardan biri.
Ozurda-ozor chekkan, ranjigan degan ma’noni anglatgan.
Obkash-asosan chelakda suv tashish uchun ishlatiladigan moslama. Yelkaga qo’yishga qulaylashtirib yog’ochdan qilinadi. Ikki Uchida chelak ilmog’i yoki zanjiri bo’ladi. Turli suyuqlik, meva va sabzavotlar tashishda ham ishlatiladi.
Obkand-qal’a atrofidagi mudofaa maqsadida qazilgan va suluv bilan to’ldirilgan sun’iy to’siq. Obkand qal’a devorlaridan 200 metrcha naridan qazilgan.
Objuvoz puli-Buxoro amirligida sholi va so’li oqlovchi objuvozdan yiliga 20 tangadan 100 tangagacha bo’lgan miqdorda olinadigan soliq.
Nohiya-XIV-XVI asrlarda O’rta Osiyo sarhadida ma’muriy bo’linish tushunchasi hisoblanib, kichik ma’muriy bo’linmani anglatgan.