Gipotireoz nima degani
Gipotireoz nima degani — qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi va u bilan bog’liq kasalliklar. Nerv-ruhiy buzilishlar, yuz va tana shishib ketishi, yurak urishi sekinlashuvi.

Gipotireoz nima degani — qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi va u bilan bog’liq kasalliklar. Nerv-ruhiy buzilishlar, yuz va tana shishib ketishi, yurak urishi sekinlashuvi.
Gipotermiya iskusstvennaya, sun’iy gipotermiya nima degani — issiq qonli organizmni sun’iy sovutish; haroratni boshqaruvchi markaziy mexanizmlarning narkotik moddalar ta’siridan tormozlanish natijasida amalga oshiriladi (34o C dan 8oC gacha).
Gipostenuriya nima degani — buyraklarning konsentratsion (yig’ish) qobiliyatining pasayishi; buyrak naychalarining glomerulyar filtratni to’plash qobiliyatining yo’qolishi natijasida solishtirma og’irligi past siydikning ajralishi.
Giposensibilizatsiya nima degani — 1) organizmning allergenlarga sezuvchanligi kamayishi; 2) organizmning allergenga sezuvhanligining kamayishga qaratilgan davolash-profilaktika choralar majmuasi; sensibilizatsiyaning immunologik mexanizmlarining rivojlanishi yoki tormozlanishining oldiniolish hisobiga.
Giposalemiya nima degani — natriy va xlor ionlari miqdori kamaygani hisobiga qonda osmotik bosimning pasayishi.
Giporefleksiya nima degani — reflekslarning susayishi bilan kechadigan holat, asosan, orqa miya faoliyat bilan bog’liq bo’ladi.
Gipoplaziya jeltogo pyatna, sariq dog’ning gipolaziyasi nima degani — sariq dog’ning to’liq yetishmaganligi.
Gipoplaziya nima degani — embriogenez buzilishi natijasida to’qima, a’zo, tananing bir qismi yoki yaxlit organizmning chala rivojlanishi, chalaligi.
Gipopion nima degani — ko’z oldi kamerasida yiring to’planishi.
Gipopigmentatsiya nima degani — teri va shilliq pardalar tabiiy rangining kamayib ketishi.