Gemianesteziya nima degani
Gemianesteziya nima degani – tana bir tomonida sezuvchanlikning yo’qolishi.

Gemianesteziya nima degani – tana bir tomonida sezuvchanlikning yo’qolishi.
Gemialgiya nima degani – tananing bir tomonida og’riq paydo bo’lishidan tashkil topgan simptom.
Gerontologiya nima degani – tirik organizmlar, shu jumladan, odam qarishi qonuniyatlarini o’rganadigan biologiya va tibbiyotning bir bo’limi.
Gerodermiya nima degani – terining patologik atrofiyasi. Qari odam terisini eslatadi; masalan, jinsiy bezlar, gipofiz gipofunksiyasida kuzatiladi.
Gerniotomiya (grijesecheniye) nima degani – churrani operatsiya qilib, uni bartaraf etish.
Gerniya, churra nima degani – qorindagi a’zolarning qorin bo’shlig’idan (xususan, ichak, charvi) teri ostiga chiqishi.
Germafrodit nima degani – ikkala tashqi jinsiy a’zolariga ega bo’lgan kishi.
Germafroditizm nima degani – bir shaxsda har ikki jinsga oid bo’lgan belgilarning bo’lishi.
Geriatriya nima degani – yoshi o’tgan va keksalarda uchraydigan kasalliklar hamda ularni davolash haqidagi fan.
Gepatoxoletsistit nima degani – jigar va o’t qopining birgalikda yallig’lanishi.