O’ta isitmoq
O’ta isitmoq – tashqi termal omillar (shu jumladan quyosh nurlari) ta’siri ostida tananing turli funksiyalarida patologik o’zgarishlar bilan birga tana haroratining ko’tarilishi sodir bo’lgan tananing holati.

O’ta isitmoq – tashqi termal omillar (shu jumladan quyosh nurlari) ta’siri ostida tananing turli funksiyalarida patologik o’zgarishlar bilan birga tana haroratining ko’tarilishi sodir bo’lgan tananing holati.
O’ta egmoq (bukmoq) – bir burchak ostida yarmiga egish.
O’ta sovitmoq – juda ko’p yoki muayyan haroratdan pastroq sovutib olish.
O’ta sovitish – 1) haddan tashqari sovish; 2) issiqlik ishlab chiqarishdan issiqlik uzatishning ustunligi natijasida tana ichki haroratining 35 C va undan past darajaga tushishi.
O’ta mustahkam – juda bardoshli, yuqori mustahkamligi bilan ajralib turuvchi.
O’ta mayin suzgich (ultrafiltr) – past o’tkazuvchan bo’linmalari orqali filtrlash yo’li bilan suyuqlikni unda to’xtatilgan qattiq zarrachalardan ajratish uchun qurilma. Ultrafiltrlar kollodion yoki jelatin eritmalari bilan singdirilgan, filtrlanadigan zarrachalarning o’lchamiga … Read More
O’tyoqar – (nemischa:-“Heizer”) paroxod yoki zavod pechlarida olov yoquvchi, o’choq, qozon (ko’pincha kema, parovoz, qozonxona) yoki boshqa isitish moslamalarida pechni qattiq yoqilg’i bilan ta’minlaydigan ishchi.
O’t yoquvchi – pechlarni, isitish qozonlarini yoqadigan kishi.
O’rnatma (ichiga o’rnatish, o’rtasiga qo’yish) – 1) maxsus belgilangan joyga kiritilgan yoki o’rnatiladigan ob’yekt (odatda, biror narsa bilan o’rnatiladi); 2) shuntin yoki qoziqlar boshi qatori ustiga yotqizilgan, gorizontal brus; 3) … Read More
O’rnatkich (uchlik, uch qismi) – kalta trubka, halqa, uch va boshqa ko’rinishdagi qurilma, muayyan qismni uzaytirish, suyuqlikning o’tishini ta’minlash va hokazolar uchun ishlatiladi. Masalan: konnusimon uchlik, qoziq uchligi.