Xilxona
Xilxona – 1) qazira, qabristondagi biror urug’, avlod, oila, mahallaning o’ziga tegishli odamni dafn uchun ajratilgan maxsus joy; 2) bir necha odam ko’milgan turbat tagxona.

Xilxona – 1) qazira, qabristondagi biror urug’, avlod, oila, mahallaning o’ziga tegishli odamni dafn uchun ajratilgan maxsus joy; 2) bir necha odam ko’milgan turbat tagxona.
Xilvatxona (xosxona) – xilvatdagi uy, alohida ajratilgan maxsus xona.
Xilvat – xoli, kimsasiz joy.
Xil (tur, nusxa) – shakl, ma’lum xususiyatlarga ega bo’lgan narsaning bir turi, shuningdek, ma’lum ob’yektlar, hodisalar guruhiga mos kelishi.
Xizmat ko’rsatish – birovning ehtiyojlarini qondirish uchun biron ishni bajarish. Masalan: uzluksiz xizmat ko’rsatish, geodezik xizmat ko’rsatish va hokazolar.
Xizmat – muayyan ish turini bajaradigan korxona, muassasa, korxona bo’limi. Masalan: geodeziya xizmati, yo’l tuzatish xizmati, foydalanish xizmati va hokazolar.
Xibinit – och tusli kulrang-yashil rangli, yirik donali strukturaga ega bo’lgan magmatic ishqoriy tog’ jinsi. Xibinit tabiatda yirik massivlar ko’rinishida uchraydi. Qurilishda aynan shu nom bilan pardoz materiali sifatida qo’llanadi.
Xashtak – oshxona ustidagi shamollatish uchun atrofi ochiq qilib ishlangan baland tom.
Xiyora – bodring shaklidagi burama ustun.
Xiyobon – keng, katta ko’cha, bog’larni o’zaro ulaydigan bog’ yo’li, ikki yoniga daraxt, gul ekilgan, ariqlari bo’lgan sayrgoh yo’lka.