LIOTROPIYA

LIOTROPIYA (Yunoncha 1uo — eritaman va trope — burilish, o’zgarish) — erigan moddalarning erituvchining xossalari (yopishqoqligi, sirt tarangligi, eritish qobiliyati va boshqalar)ga ko’rsatadigan ta’siri.

LIPOMA

LIPOMA (Yunoncha lipos — yog’, oma — o’sma) — yog’to’qimasidan rivojlanadigan xavfsiz o’sma. Har xil kattalikda bo’ladi. Ko’pincha teri osti yog’qavati, charvi, fassiyalar, bo’g’imlarda, ba’zan pay pardalari, shuningdek, orqada, bo’yinda, … Read More

LIRA

LIRA — osmon sferasining shimoliy sharqidagi yulduz turkumi. Uning Vega deb ataluvchi yorug’ yulduzi, Oqqush yulduz turkumining Deneb va burgutning At-Tohir yulduzlari bilan «yozgi uchburchak» deyiluvchi uchburchakni hosil qiladi. Lira … Read More

LISIMAX

LISIMAX (miloddan avvalgi 361-281) — mashyuniyalik Aleksandrning sarkardasi, safdoshi. 323 yildan Frakiyaning hokimi, diadox. Boshqa diadoxlar bilan jang qilib Gellespont bo’ylarini, Kichik Osiyo viloyatlarini, Makedoniyani egallab olgan. Diadox Selevk bilan … Read More

LISSABON UNIVERSITETI

LISSABON UNIVERSITETI — Portugaliyadagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1290 yil qirol Dinish I ning Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Bir necha marta Lissabondan Koimbruga ko’chirilgan, 1911 yil qayta tiklangan. Arxeologiya, … Read More

LISTING

LISTING (inglizcha list — ro’yxat) — 1) kompaniyalar aktsiyalarini birjada sotiladigan aktsiyalar ro’yxatiga kiritish. Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar birjada ekspert tekshiruvlaridan o’tgan bo’lsa, ularni savdoga qo’yish mumkin. Birjaga qo’yilmaydigan aktsiyalar «chayqov» … Read More

LI SUN SIN

LI SUN SIN (1545-98) — Koreya harbiy arbobi va milliy qahramoni. 1592-98 yillardagi Imdin urushlari davrida u qo’mondonlik qilgan koreys floti yapon flotini tor-mor keltirgan. Jangda halok bo’lgan.

LITR

LITR (Fransuzcha litre) — metrik o’lchov sistemasida hajm va sig’im o’lchov birligi. Qisqacha l bilan belgilanadi. O’lchovlar va tarozilar bo’yicha Bosh anjuman 1964 yilda 1l=1 dm3=0,001 m3 deb qabul qilgan. … Read More

LI YUAN

LI YUAN (566-635.21.6) — Xitoy imperatori (618-626). Tan sulolasi asoschisi. Yirik mulkdor, Tayyuan viloyatining hokimi bo’lgan. O’g’li Li Shimin tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan.

… LOGIYA

… LOGIYA (Yunoncha logos — so’z) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi, o’zi qo’shilgan so’zga fan, ta’limot, so’z, asar ma’nolari ifodasini beradi (masalan, geologiya, Filologiya, trilogiya).